15:51 / 08.02.2022
1 182

Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum

Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum
Foto: Harper’s Bazaar
Uyda har doim ayrim narsalar bir nechtadan bo‘ladi – yangi mayin sochiqlar yoki rang-barang yostiq jildlari har qanday bekaning ko‘nglini ko‘tarishi aniq. Biroq oddiygina tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan ba’zi narsalar ham mavjud. Ular muddatidan uzoqroq saqlansa, uy bo‘ylab mikroblar, kir va chang tarqalishi xavfi mavjud. Oldindan xavotir olishning keragi yo‘q. Chunki bu muammoni bartaraf etishning imkoni bor. Odatda ularni almashtirish ko‘p kuch va vaqt talab qilmaydi.

Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan gubkalar
Albatta, ko‘pchilik buni ilgari eshitgan, lekin yana bir bor eslatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi: mikroblar uchun ideal ko‘payish joyi oshxona gubkalari. Idish yuvish mashinasi bo‘lsa ham, gubkalar boshqa maqsadlarda foydalanish uchun oshxonadan joy oladi, ularni haftada kamida bir marta o‘zgartirish tavsiya etiladi. Aks holda, toza idish-tovoq va ovqatlanish stoli yuzalariga mikroblar tarqaladi.

Yostiqlar
Darhaqiqat, inson hayotining uchdan bir qismi uyquda o‘tadi. Ishonish qiyin, lekin ko‘plab tadqiqotlar bu haqiqatning to‘g‘riligini bir necha bor isbotlashga muvaffaq bo‘ldi va bu bilan bahslashish mumkin emas. Yostiqlarni har ikki yilda bir marta almashtirish tavsiya etiladi. Ularda ko‘pincha chang yig‘iladi. Bu undan foydalanadigan insonda turli kasalliklar va ayniqsa, allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Hammom mochalkasi
Darhaqiqat, yuvinishda foydalaniladigan mochalkalar ham oshxona gubkasi bilan bir xil. Lyufadan tayyorlanadigan bu mochalkalar teri uchun foydali bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu xususiyatlar yo‘qoladi va nam muhitda bakteriyalar issiq va quruq oshxona atmosferasiga qaraganda tezroq ko‘payadi. Ushbu vositani har ikki oyda bir marta almashtirish tavsiya etiladi.

Oziq-ovqat uchun plastik idishlar
Oshxonada ularda don va tayyor ovqatlarni saqlash qulay. Hozirgi vaqtda konteynerlar ko‘pincha mutlaqo xavfsiz va kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olmaydi, deb aytishadi. Biroq hammasi ham bunday xususiyatga ega emas. Agar uyda shunday idishlardan bo‘lsa, unda ulardan qutulish vaqti keldi. Keyingi safar, buyum indikatoriga e’tibor berishni unutmang yoki shisha variantlarga ustunlik berish mumkin.

Suv filtri
Agar suv filtri o‘z vaqtida o‘zgartirilmasa, u foydali hisoblanmaydi va o‘zining bevosita vazifasini bajarishni to‘xtatadi. Suvning ta’midagi farq har doim ham sezilmaydi. Odatda, filtrlarni har olti oyda bir marta o‘zgartirish kerak: bu haqda unutmaslik uchun telefonga eslatma qayd etish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum