Foto: Harper’s Bazaar
Serotonin – baxt gormoni va yaxshi kayfiyatning asosiy homiysi. Stressli vaziyatlarda uning darajasi keskin pasayadi, bu esa xavotirni oshiradi, shuningdek, tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi mahsulotlar yordamida serotonin darajasini oshirish juda oson, ularning beshtasi bilan quyida tanishib chiqing.
Sut mahsulotlari
Kalsiyga boy bo‘lgan sut, ayniqsa iliq sut, haqiqatan ham stressni yengillashtiradi, kayfiyatni barqarorlashtiradi va hatto PMS (podmenstrual sindrom) alomatlarini kamaytiradi. Sut mahsulotlari tarkibidagi minerallar, jumladan magniy, kalsiy, kaliy va fosfor asab tizimining faoliyatini normallashtiradi. Ota-onalar bolaning tanasini biroz tinchlantirish va uni uyquga tayyorlash uchun yotishdan oldin bolalarga bir stakan iliq sut berishlari bejiz emas.
Qora shokolad
Shokoladni faqatgina yomon kayfiyat uchun eng yaxshi davo o‘ylash, to‘g‘ri emas. Bir bo‘lak qora shokolad endorfinlarni chiqaradi va serotonin darajasini oshiradi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shokolad iste’mol qiladigan odamlarda stress gormonlari darajasi boshqalarga qaraganda ancha past. Kuniga ikki bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Banan
Bu mevalarda B6 vitamini bilan birgalikda serotonin darajasini oshiradigan triptofan mavjud. Bundan tashqari, banan tarkibidagi yuqori uglevodlar organizmga energiya beradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Shunday qilib, banan uyqusizlik, tashvish va depressiyani davolashda samarali mahsulot hisoblanadi.
Yasmiq
Banan singari, yasmiq ham serotonin ishlab chiqarishga yordam beradigan uglevodlarga boy. Natijada, stress bartaraf etiladi. Ushbu mahsulot, shuningdek, qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi, kayfiyat o‘zgarishining oldini oladi. Yasmiq tarkibidagi temir esa tanaga quvvat beradi. Yarim stakan yasmiq garnir sifatida iste’mol qilish yoki sho‘rvalarga qo‘shish tavsiya etiladi. Organizm ushbu mahsulotni hazm qilishini osonlashtirish uchun pishirishdan oldin yasmiqni bir necha soat davomida suvda ivitish tavsiya etiladi.
Baliq
To‘yinmagan yog‘li kislotalar Omega 3-6 asab tizimini rag‘batlantiradi va ularning asosiy manbalaridan biri baliqdir. Bu kortizol va adrenalin darajasini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, vahima hujumlari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, baliq miya va asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan B vitaminlari, yod, fosfor, A va E vitaminlariga boy. Bundan tashqari, baliq tarkibidagi moddalar triptofan ishlab chiqarishni, bu esa o‘z navbatida serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Yevropa Ittifoqi va AQSH «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)