07:00 / 19.03.2022
2 529

Qorin bilan uxlash qanday kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi?

Qorin bilan uxlash qanday kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi?
Foto: Grazia
Sog‘lom uyqu nafaqat soatlarga, balki organizm holatiga ham bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, qorin bilan uxlashning zararli tomonlari mavjud. Ushbu holatda uxlashni yoqtiradiganlar nima uchun buning salbiy oqibatlarini bilib olsa, balki mazkur odatdan voz kechishi mumkin.

Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, umurtqa pog‘onasiga yuk tushadi. Bu holatda uning egriligi bilan uyqusizlik va bel og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin. Qorin bilan yotgan holatda bosh yon tomonga burilganligi sababli, bu bo‘yinning egriligiga va umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri joylashishiga olib keladi. Albatta, bu bir kechada sezilmaydi – ta’sir uzoq vaqtdan keyin o‘zini namoyon qiladi. Ayniqsa, duch kelish mumkin bo‘lgan eng jiddiy muammolardan biri bu disk churrasi. Bu professional davolanishni talab qiladigan juda og‘riqli kasallikdir.

Bundan tashqari, uxlash vaqtida oshqozon ko‘krak qafasiga siqiladi, bu esa yurakning ishiga ta’sir qilishi mumkin.

Uchinchidan, bu pozitsiya bo‘lajak onalar uchun zararli. Homiladorlik davrida ayollar gormonal o‘zgarishlar tufayli bel og‘rig‘iga duch keladi. Oshqozon bilan uxlash vaqtida bu og‘riq kuchayadi. Ushbu pozitsiyadan qochish homiladorlikning dastlabki bosqichlaridayoq amalga oshirilishi kerak, chunki qorin bo‘shlig‘idagi qo‘shimcha og‘irlik umurtqa pog‘onasini zo‘riqishiga olib keladi.

Qorin bilan yotish holati ovqat hazm qilish tizimining ishi bilan ham bog‘liq, ayniqsa, uxlashdan avval qisqa vaqt ichida ovqat iste’mol qilinsa. Natijada gastrit yoki boshqa noxush kasalliklarni rivojlanish xavfi mavjud.

Yon tomon bilan uxlash eng xavfsiz holat deb hisoblanadi – tananing bu holati xurrak otish va refluks kasalligi ehtimolini kamaytiradi. Uxlayotganda qorin bilan yotib olish xavfidan qochish uchun maxsus katta yostiq yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qorin bilan uxlash qanday kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi?