Foto: «Domashniy ochag»
Baliq hidining sababi uning go‘shtini tashkil etuvchi oqsillardir. Aniqrog‘i, oqsillarning o‘zi emas, balki ularning parchalanishi, shu jumladan, reaksiyada hosil bo‘lishidir. Shuningdek, baliq ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘larni o‘z ichiga oladi, ular juda oson oksidlanadi va yoqimsiz hid bilan yog‘ kislotalariga aylanadi.
Baliq hidini qo‘llardan va foydalanilgan boshqa narsalardan olib tashlash masalasini hal qiladigan maxsus kimyoviy moddalar mavjud. Ammo uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan samarali yechimlar ham bor. Ularning samaradorligi sotiladigan vositalardan kam emas va shu bilan birga ekologik jihatdan ancha zararsiz.
Limon kislotasi va limon
Kislotalar, shu jumladan, baliq go‘shti oqsillarining parchalanishini sekinlashtiradi. Shuning uchun, pishirishdan 10 daqiqa oldin limon sharbatini go‘shtga sepish tavsiya etiladi. Shuningdek, ozgina tuz ham. Bu foydali, chunki qovurish paytida kamroq hid keladi, qolaversa, baliq bo‘laklarga bo‘linib ketmaydi.
Bundan tashqari, limon baliq hidini ketkazishi mumkin. Bir bo‘lak limonni qo‘llarga surtish va tabiiy ravishda quritish kerak. Shundan so‘ng, sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Baliq hidi o‘tirib qolgan narsalar limon kislotasi eritmasida namlanadi va qo‘lda yuviladi. Baliq yog‘i dog‘ini kiyimlardan ketkazish uchun ham limon sharbati surtiladi. Yuvishdan oldin kir yuvish mashinasining chayqash vositasi bo‘limiga 0,5 choy qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Limon kislotasi bilan yuvilgan kiyimlar unga sezgir bo‘lmasligi kerak. Shunda kiyimning shakli va rangi o‘zgarmaydi.
Baliq hidi kelgan idishlar iliq suvli idishga joylashtiriladi, suvga limon sharbati va bo‘laklari qo‘shiladi. Idishlar bu eritmada biroz saqlanadi va keyin sovuq suvda yuviladi.
Iste’mol sodasi
U karbonat kislota va natriyning kislotali tuzi hisoblanadi. U yaxshi gigroskopiklikka ega, bu har qanday hidni yo‘qotishda muhim xususiyatdir. Agar qo‘lni cho‘tka bilan ishqalab, suv bilan yuvib tashlansa, qo‘ldan baliq hidini olib tashlash mumkin. Soda bilan oldindan namlangan kiyimlar kir yuvish mashinasida yuvilib, konditsioner qo‘shilgandan so‘ng baliq hidi yo‘qoladi.
Tuz eritmasi
Tuz eritmasi uyda har qanday hidni, shu jumladan, ko‘pchilikni bezovta qiladigan iforlarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi.
Baliq hidi bo‘lgan xonada tuz eritmasi qizdiriladi. Qisqa vaqt ichida yoqimsiz hidning yo‘qolishini sezish mumkin.
Bundan tashqari, qaynatilgan suvda oz miqdorda osh tuzi aralashtiriladi. U yuvilganidan keyin issiq eritma qo‘llardan yoki idishlardan hidni olib tashlaydi.
Sirka
Bu kislotali mahsulot. Uning kislotaliligi oshxonadan kvartira bo‘ylab tarqaladigan baliq hidini minimallashtirishga yordam beradi.
Kir yuvish sovuni
Odatda baliq va plastmassa o‘rtasidagi aloqa ta’sirini olib tashlash qiyin, ammo taklif qilingan usul sinab ko‘rishga arziydi va bu ko‘pincha yordam beradi.
Uning tarkibida gidroksii mavjud. Bu o‘z navbatida, yog‘ kislotalari (hid manbaqi) bilan o‘zaro ta’sir qiladi va ularning ta’sirini zararsizlantiradi. Shu bilan birga, kir yuvish sovuni qanchalik to‘qroq rangga ega bo‘lsa, undagi gidroksidi komponentlarning miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun quyuq sovun baliq hidini yanada yaxshiroq ketkazadi.
Hid oddiy harakatlar yordamida qo‘llardan chiqariladi: kaftlarni uzoq va yaxshilab ko‘piklash tavsiya etiladi. Kir sovunidan keyin qolgan hid losion yoki krem bilan osongina ketkaziladi.
Kislorodli oqartiruvchi
Iste’mol sodasi va vodorod periksni o‘z ichiga olgan mahsulot. Ushbu komponentlar ochiq rangli kiyimlarda baliq dog‘lariga qarshi kurashda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Kislorodli oqartirishning asosiy afzalligi — o‘z ichiga olgan moddalarda xlor yo‘qligidir. U boshqa oqartiruvchi preparatlarda bo‘lib, to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.
Nashatir spirti va idish yuvish vositasi
Ushbu dorixona eritmasidan har qanday universal yuvish vositasi bilan birgalikda foydalanish baliq dog‘larini 100 foiz yo‘q qilishni kafolatlaydi. Gap shundaki, nashatir dog‘ yuzasida ishqoriy muhit hosil qiladi. Idishlarni yuvish vositasi baliq bilan ifloslangan materiallarning yuzalaridan reaksiyaga kirishgam dog‘larni tozalaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Kunning istalgan vaqtida yeyish mumkin bo‘lgan 5 ta mahsulot
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi