00:15 / 05.05.2022
1 560

Rossiya postsovet davlatlari iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda?

Rossiya postsovet davlatlari iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda?
Misli ko‘rilmagan xalqaro sanksiyalarga duch kelgan Rossiya iqtisodiyotni dollar va yevrodan tezkorlik bilan tozalamoqda. Moskva o‘zining barcha hamkorlarini milliy valyutalarda hisob-kitob qilishga o‘tishga majbur qilmoqda.

Ozarbayjon bilan tovar ayirboshlashning uchdan bir qismi allaqachon rublga o‘tkazilgan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Ammo sobiq Ittifoq hududida chinakam chuqur integratsiya uchun Yevroosiyo ittifoqiga yangicha yondashuv zarur.

Postsovet hududida de-dollarizatsiya (dollardan xalos qilish) G‘arb sanksiyalaridan oldin boshlangan edi. Ozarbayjon kompaniyalari rossiyalik sheriklar bilan shartnoma tuzishda narxlar dollar yoki yevroda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, hisob-kitoblarda - rubldan foydalangan. Darhaqiqat, ikki mustaqil davlatning savdo aloqalarini uchinchi davlat valyutasida qurishning o‘zi g‘ayrioddiy.

Dushanbe ham Moskva bilan hisob-kitoblarda dollardan rublga o‘tmoqchi. Tojikiston rahbariyati Sangto‘da “GES-1” dan elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Stansiyaning 25 foizi Tojikistonga, 75 foizi esa Rossiya kompaniyalariga tegishli. U yerda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi endi rublga sotib olinadi. 2021 yilda Tojikistonning “Barki tojik” energetika xoldingi o‘z qarzining atigi 37 foizini to‘lagan.

O‘zbekiston
Ayni paytda Moskva O‘zbekistonni nafaqat dollarsizlanish, balki yevrodan ham voz kechishga undamoqda. Bu chaqiriq Toshkentda yaqinda bo‘lib o‘tgan INNOPROM-2022 ko‘rgazmasining ochilish marosimida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov tomonidan bildirildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya, so‘ngra ro‘y berayotgan xalqaro voqealar butun dunyo mamlakatlarini mustaqillikni oshirish va bir-biri bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun milliy valyutaga o‘tishga undamoqda.

Moskvaning ushbu masalaga qiziqishi tasodifiy emas. Birinchidan, Rossiya O‘zbekistonga 10 milliard dollarga teng sarmoya kiritgan. Ikkinchidan, u yerdagi korxonalarning 17,5 foizi ruslarga tegishli. Uchinchidan, 2021 yilda davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi. Respublika tashqi savdosida Rossiyaning ulushi eng katta (17,9%). O‘zbekiston YEOIIda kuzatuvchi davlat bo‘lib, uning iqtisodiyoti postsovet hududidagi eng yiriklaridan biri ekanligi ham muhim.

Yevroosiyo rubli
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEI) integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazevning aytishicha, YEOII mamlakatlari savdosida rublning ulushi allaqachon uchdan ikki qismdan oshib ketgan. 2013 yildan 2020 yilgacha u 63 foizdan 74 foizga oshdi. Rossiya Belarus bilan 82%, Qozog‘iston bilan 63% va Qirg‘iziston bilan 58% savdo to‘lovlarini rublda amalga oshiradi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Belarusning boshqa YEOII mamlakatlari bilan aylanmasi rublda deyarli uchdan bir qismini tashkil qiladi. Qolgan ittifoq respublikalari bunday ko‘rsatgichlar bilan maqtana olmaydi.

EIK 2022 yil oxiriga kelib o‘zaro savdoda milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi 85 foizdan oshishini kutmoqda. Armaniston allaqachon gaz uchun rublda to‘layapti, Belarus ham Rossiya valyutasiga energiya sotib olmoqchi. Shu bilan birga, narxlar hali ham dollarda shakllanmoqda.
Belarus Moliya vaziri Yuriy Seliverstov YEOII doirasidagi hisob-kitoblarda imkon qadar tezroq milliy valyutalar yoki rublga o‘tishga chaqirmoqda. Bunda Minsk va Moskvaning motivatsiyasi kuchli bo‘lsa ham - qolganlari unchalik ishtiyoq ko‘rsatmadi.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov avvalroq YEOII davlatlari bojxona hisob-kitoblarini milliy valyutalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha kelishib olgani, asosiy qismi esa rublda bo‘lishi kerakligi haqida xabar bergan edi. Ammo Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati zudlik bilan bunga izoh berdi. Ular faqat Rossiya va Belarus bojxona to‘lovlarini rublga o‘tkazishini aytishdi. Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston dollardan foydalanishda davom etadi.

Birlashish vaqti keldi
"YEOII mamlakatlarining barchasi uchun to‘lovlarni rublda amalga oshirish - qulay. Masalan, valyuta bilan doimo muammolarga duch kelgan Belarusko‘pincha to‘lovlarni rublga o‘tkazishni o‘zi so‘ragan", - deydi siyosatshunos Andrey Suzdalsev.

Uning fikricha, yangi sxemaga o‘tish Rossiyada dollar kursining barqarorlashishi va qadrsizlanishiga olib keladi. Bu esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun unchalik foydali emas: birjada rubl narxi oshadi, bu esa o‘z navbatida Rossiya gazining narxiga ta’sir qiladi. Ammo bu ba’zi ekspertlar tomonidan bashorat qilingan dollarning qulashiga olib kelmaydi. Bundan tashqari, rublning YEOII yagona valyutasiga aylanishi shubhali, chunki uning kursi barqaror emas.

"Energiya tashuvchilar – asosan dollarga va biroz yevroga sotiladi. Shuning uchun Qozog‘iston, albatta, xorijga va qo‘shnilarga o‘z resurslarini Amerika valyutasiga yetkazib beradi. Undan tashqari ularda, qayta ko‘rib chiqishni istamaydigan boshqa kelishuvlar ham bor. Rubl kursi o‘zgaruvchan ekanini unutmaslik kerak", - deydi Suzdalsev.

Rossiya va rubl
Rossiya valyutasining aylanish doirasini kengaytirish kerak, ammo hozirgacha YEOII zaif integratsion birlashma bo‘lib qolmoqda. 2021 yilda blok doirasidagi o‘zaro savdo ulushi umumiy hajmning atigi 15 foizini tashkil etdi. Shunga qaramay, ittifoqning eng yirik bozori - Rossiya sanksiyalar ostida ekani hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich o‘sishi mumkin, deb hisoblaydi Suzdalsev.

Ittifoqni mustahkamlashda ko‘p narsa hukmron elitalarning qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi, deb ta’kidlaydi iqtisodchi Vladimir Savchenko. Ular Moskva bilan siyosiy jihatdan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan hamma narsa unchalik aniq emas va madaniy jihatdan farq yanada katta.

"Pul - bu faqat muomala vositasi. Afsuski, ittifoqchilik munosabatlarida biz qo‘shma korxonalar yaratishning dastlabki bosqichida to‘xtab qoldik. Biz transmilliy korporatsiyalar tashkil etishimiz va shu orqali o‘z texnologiyalarimizni, fanimizni, sanoatimizni va hududlarimizni mustahkamlashimiz kerak. Bu kompaniyalar YEOII mamlakatlaridagi biznesni birlashtiradi, bizning iqtisodlarimizni integratsiyalashtiradi", - deb tushuntiradi Savchenko.

Mutaxassisning fikricha, Ittifoqda avtonom ishlab chiqarish zanjirlarini tashkil etishiga uning a’zolarining uchinchi davlatlar oldidagi tashqi majburiyatlari to‘sqinlik qilmoqda. Rossiya esa hozircha qo‘shni davlatlarining iqtisodiyotida unchalik faol ishtirok etmayapti.

Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Turkiyadan emas, balki allaqachon Markaziy Osiyo mamlakatlari va Armanistondan xarid qilishni boshlash kerak. Bu bilan birga u yerda yangi ish o‘rinlari ham yaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya postsovet davlatlari iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda?