O‘zbekistonda 1 iyundan neft mahsulotlariga nisbatan aksiz solig‘i stavkalarining miqdori oshishi ortidan benzin narxi oshishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. «O‘zbekneftgaz»ning ma’lum qilishicha, Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi.
Ta’kidlanishicha, «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021 yil 29 dekabrdagi qonunga muvofiq quyidagi neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga 2022 yil 1 iyundan o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari
- 1 tonna Ai-80 markali avtobenzin: amalda – 240 ming so‘m, 1 iyundan – 275 ming so‘m (o‘zgarish 35 ming so‘m yoki 15 foiz),
- 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali avtobenzin: amalda – 275 ming so‘m, 1 iyundan – 275 ming so‘m (o‘zgarishsiz),
- 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 240 ming so‘m, 1 iyundan – 264 ming so‘m (o‘zgarish 24 ming so‘m yoki 10 foiz),
- 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda – 216 ming so‘m, 1 iyundan – 237,6 ming so‘m (o‘zgarish 21,6 ming so‘m yoki 10 foiz).
yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari
- benzin amalda – 465 530 so‘m/tonna yoki 350 so‘m/litr, 1 iyundan – 512 ming so‘m yoki 385 so‘m/litr (o‘zgarish 46 470 so‘m yoki 35 so‘m/litr yoki 10 foiz),
- dizel yoqilg‘isi: amalda – 425 918 so‘m/tonna yoki 350 so‘m/litr, 1 iyundan – 468 ming so‘m/tonna yoki 385 so‘m/litr (o‘zgarish 42 082 so‘m yoki 35 so‘m / litr yoki 10 foiz).
«Yuqoridagi o‘zgarishlar Ai-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYOQSHlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 71 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, ‘O‘zbekneftgaz’ tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida 1 iyundan aksiz soliqlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi», — deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, 26 maydan Toshkent shahridagi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 markali benzin narxi ko‘tarilgan va hozirda u 6800 so‘mni tashkil qilmoqda. Ertasi kuni «O‘zbekneftgaz» benzin narxining oshgani bo‘yicha rasmiy bayonot bergan. Ta’kidlanishicha, jahon bozorida Brent markali neft narxining o‘zgarishi butun dunyodagi benzin va boshqa neft mahsulotlari narxlarining o‘sishi yoki tushishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi