21:05 / 09.06.2022
2 383

Markaziy bank O‘zbekistonda dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirdi

Markaziy bank O‘zbekistonda dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirdi
Mart oyining ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan 5,1 foizga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

O‘zbekistonda dollar kursi mart oyining birinchi yarmida maksimal darajaga yetib, keyinchalik pasayishni boshladi. Natijada agar mart oyi boshida so‘m dollarga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, iyun oyiga kelib u 1,6 foizgacha mustahkamlandi.

Umuman olganda may oyida so‘mning real kursi 2019 yil sentabr oyiga nisbatan 2 foizga qimmatlashdi.

- So‘m dinamikasi tashqi raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Aprel—may oylarida Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralariga tegmasdan, ichki bozordan 523 million dollarga valyuta sotib oldi.
Bu qisqa muddatda so‘mning dollarga nisbatan keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan.

Umuman, yil boshidan buyon Markaziy bankda 1 milliard dollarga yaqin intervensiya amalga oshmagan. Bu kelajakda valyuta kursi barqarorligining qo‘shimcha manbasiga aylanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank O‘zbekistonda dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirdi