17:42 / 15.07.2022
1 231

Soliqchilar tomonidan xatlov jarayonlarida 142 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

Soliqchilar tomonidan xatlov jarayonlarida 142 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari Soliq qarzini undirishni tashkil etish xodimlari tomonidan 3 chorak uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishi yuzasidan hamda soliq qarzini qisqartirish yuzasidan iyul oyining 13-15 iyul kunlari xatlov jarayonlari o‘tkazildi. Xatlov davomida 1,9 mlrddan oshiq soliq qarzdorligi undirildi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzlarini undurishni tashkil qilish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirlarga 34 nafardan ortiq soliq xodimlari 20 nafar Majburiy ijro byurosi xodimlar jami 54 nafar xodimlar jalb etildi.

Kuni kecha boshqarma xodimlari tomonidan mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirishga qaratilgan galdagi tadbir O‘rtachirchiq tumanidan ro‘xatdan o‘tgan “Real agro cotton” UKda tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, korxonaning 2022 yil 15 iyul holatiga 24 051,6 mln. so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, jamiyatga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnomalar yuborilgan.

Talabnomalarda soliq majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarilishi, aks holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan, Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, 15 kundan so‘ng xatlov ishlarini amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Yuborilgan talabnomalarga qaramasdan, korxona tomonidan bugungi kungacha soliq qarzdorligi so‘ndirilmagan.

Natijada soliq organi rahbari tomonidan chiqarilgan xatlov qaroriga asosan, korxonaga tegishli bo‘lgan ofis jixozlari, bino inshoatlar va avtotransport vositalari texnika jihozlari xatlandi.

Shuningdek, Nurafshon shag‘ridan ro‘yxatdan o‘tgan “Real tex Nurafshon” MCHJda ham xatlov tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur korxonaning 2022 yil 15 iyul holatiga 3 204,9 mln. so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, korxonaga soliq majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlashi yuzasidan talabnomalar yuborilgan. Ammo korxona tomonidan mavjud qarzdorlik qoplanmagan.

Yuborilgan talabnomalar asosida xatlov qarori chiqarilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar binosi va “Damas” rusumli avtomashinasi soliq qarzdorligi hisobiga xatlandi.

Ta’kidlash kerakki, viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan ida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 1345,5 mlrd. so‘m soliq qarziga ega 4 022 ta ob’ektda xatlov tadbiri o‘tkazilib, 1 746 ta holatda 142,4 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi.

Shu bilan birga, 4 022 ta qarzdorning 1345,5 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi hisobiga mol-mulklari, shundan 563 ta bino va inshoot, 891 ta transport vositalari va 3 531 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.

Eslatib o‘tamiz, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliqchilar tomonidan xatlov jarayonlarida 142 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi