date

Shahzoda Muhammedova o‘zi tikkan liboslar do‘konini ochyapti

Shahzoda Muhammedova o‘zi tikkan liboslar do‘konini ochyapti

Shahzoda Muhammedovani muxlislari nafaqat aktrisa, balki qo‘li gul dizayner sifatida yaxshi bilishadi, deb yozmoqda "Qalampir.uz". U shu bugunga qadar ko‘plab san’atkorlarning liboslarini ham tikib bergan. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxt markazida yangi atele va liboslar do‘koni ochayotgani haqida xabar berdi. Uning ma’lum qilishicha, bu do‘konda faqat Shahzoda Muhammedova muallifligidagi liboslar sotiladi.

Teleboshlovchilikda ham o‘zini sinab ko‘rgan aktrisa biroz avval xonandalik faoliyatini ham boshlagan edi. Ayni damda esa u xonandalikka butkul nuqta qo‘yganini ma’lum qildi. Shahzoda xonandalikni to‘xtatishini qo‘shiq yaratish va klip olishdagi sarf-xarajatlarning qimmatligi bilan bog‘lagandi.

Muhammedovaning saytimizga xabar berishicha, do‘konning ochilish marosimi 1 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shahzoda Muhammedova o‘zi tikkan liboslar do‘konini ochyapti