12:21 / 25.10.2022
1 136

O‘zbekistonda 9 oy davomida undirilgan bojxona to‘lovlari miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 9 oy davomida undirilgan bojxona to‘lovlari miqdori ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 9 oy davomida davlat budjetiga 33,2 trillion so‘m bojxona to‘lovlari undirildi. Bu haqda AOKAda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarida 40,3 trillion so‘mlik imtizyolar qo‘llangan. Xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘nalishlarida 1,16 trillion so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilgan.

Davlat bojxona xizmati organlari tuzilmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlarda 689 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga ortgan.

Shuningdek, 244 ming dona kuchli ta’sir etuvchi va 4 ming dona psixotrop moddalar ushlab qolingan. 12 800 dan ortiq holatda 682 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 9 oy davomida undirilgan bojxona to‘lovlari miqdori ma’lum qilindi