Foto: Prezident matbuot xizmati
«So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlariga turtki berish uchun ilgari tariximizda bo‘lmagan imtiyozlarni joriy etishga majbur bo‘ldik. Bugun ulardan natija, saboq, tajriba qanday bo‘ldi, degan savolga javob topish kerak. Budjetdan ajratilgan har bir so‘mning hisob-kitobini joyiga qo‘yish, imtiyozlarning samaradorligini oshirish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda.
Shundan kelib chiqib, Bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziriga barcha imtiyoz va subsidiyalarning natijadorligi ko‘rsatkichlarini belgilab, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qat’iy nazorat tizimini joriy etish topshirildi.
Hisob palatasida monitoring bo‘limi tashkil etib, imtiyozlar samaradorligini doimiy tahlil qilib borish vazifasi qo‘yildi.
Soliq va bojxona imtiyozlarini xatlovdan o‘tkazib, samarasizlarini bekor qilish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun berilgan imtiyozlarni bir xillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Hududlar kesimida olganda, soliq imtiyozlarining 31 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarining ulushi 2 foizdan oshmaydi. Lekin Surxondaryoning Oltinsoy tumanida ham, Toshkent shahrining Mirobod tumanida ham tadbirkorlar uchun belgilangan talablar, soliqlar, imtiyozlar, subsidiya, kompensatsiya va preferensiyalar bir xil.
Shu bois davlatimiz rahbari soliq imtiyozlarini hududlarning rivojlanish darajasidan kelib chiqib belgilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«Endi joylarga borib, manzilli qarorlar qabul qilib, imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanib, chekka-chekka tumanlarni ham rivojlanish yo‘liga olib chiqish kerak», — dedi Prezident.
Aholi va tadbirkorlarning bu borada xabardorligini oshirib, imtiyozlardan foydalanish qamrovini kengaytirish zarurligi qayd etildi. Subsidiyalar bo‘yicha yagona ochiq portal yaratib, barcha imtiyozlarni bosqichma-bosqich shu orqali berish taklifi bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”