1 233
O‘zbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalar jalb etilishi kutilmoqda
Foto: TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 dekabr kuni Vladimir Norov Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, hukumatning xorijiy investitsiyalar bo‘yicha vakolatli vakili, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiya hukumatlararo komissiya hamraisi Gjegoj Pexovyak bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar sentyabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, so‘nggi uch yilda esa O‘zbekistonda Polsha kapitali ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshgani qayd etilgan.
Tomonlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, xususan, O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi doirasidagi qo‘shma ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqlagan. Shu nuqtai nazardan, kelgusi yilda komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish zarurligi ta’kidlangan.
To‘qimachilik va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi