09:37 / 20.12.2022
1 708

UzAuto Trailer Rossiya kompaniyasiga 561 mlrd so‘mga sotildi

UzAuto Trailer Rossiya kompaniyasiga 561 mlrd so‘mga sotildi
Foto: UzAuto Trailer
UzAuto Trailer ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi Rossiya (Tatariston)ning «Ximgrad» texnopolis sanoat parkiga 561,1 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Sotuv jarayonida «Mosaic Financial» konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant vazifasini bajardi. Korxonani mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya «PricewaterhouseCoopers» tomonidan amalga oshirildi.

Korxonani Yevropa, MDH va O‘zbekistondagi investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risida 6 ta arizalar (Express of Interest) kelib tushgan.

Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta'qiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi yuzasidan o‘rganilgan.

«Ximgrad» texnopolis sanoat parki — Qozon shahrida joylashgan sanoat parki.

Umumiy maydoni 131 gektar, bino va inshootlarning loyihalash maydoni 500 ming kvadrat metrdan oshadi. Sanoat parki rezidentlari past tonnajli kimyo, polimerlarni qayta ishlash, nanotexnologiyalar, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, tibbiyot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta biznes subyektlari hisoblanadi.

Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparki «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

UzAuto Trailer korxonasi 2012 yil 4 iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi.

Korxonaning loyihaviy quvvati 3 ming donagacha: 2 ming dona yarim tirkama va ming dona osma texnika, Iqtisodiyotning turli tarmog‘ini ta’minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Shuningdek, korxonaning ustav kapitali 156,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. 2021 yil bo‘yicha foydasi 626,2 mlrd so‘m, sof foydasi 53 mlrd so‘m.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UzAuto Trailer Rossiya kompaniyasiga 561 mlrd so‘mga sotildi