Foto: Bloomberg
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiylashtirish jarayoniga e’tibor kuchaymoqda. Xususan, 2022—2023 yillarda yigirmadan ortiq davlat ishtrokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 17 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
20 dekabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2023 yilda «katta xususiylashtirish» boshlanishi, mingga yaqin korxona savdoga chiqarilishini ta’kidladi.
«Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun, topshiriq berdim.
Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalq IPO‘si bo‘lishiga ishonaman», — degan prezident.
Nima sababdan IPO bunday muhim voqea hisoblanadi va bu aholiga qanday naf keltiradi? Daryo sharhida shu masala ko‘rib chiqiladi.
IPO nima va u nimaga o‘tkaziladi?
IPO (Initial Public Offering) — bu kompaniya aksiyalarining fond birjasida birinchi joylashtirilishi.
Aksiya — bu korxona ishlab chiqaradigan qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalarni sotib olgan aholi vakillari yoki kompaniyalar biznesga sherik bo‘lib qoladi.
Kompaniya uchun IPO — bu manfaatli shartlarda yirik investitsiyalarni jalb qilish usuli.
Masalan, 2011 yilda NASDAQ Amerika fond birjasida aksiyalarni birinchi marta ommaviy joylashtirish natijasida «Yandeks» kompaniyasi 1,3 mlrd dollar miqdordagi mablag‘ni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Moliyaviy manfaatlardan tashqari, korxona o‘z obro‘sini mustahkamlaydi va keng tan olinadi.
Yirik kompaniyalarning IPO‘ga chiqishi muhim voqea bo‘lib, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otadi.
Shuningdek, IPO o‘tkazish — xususiylashtirish usullaridan biri. So‘nggi yillarda hukumat kompaniyalarni kimoshdi savdosi va arizalar qabul qilish yo‘li bilan sotish orqali iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Xalq IPO‘si aslida nima?
Xalq IPO‘si — bu kompaniya aksiyalarini brokerlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy shaxslarga sotish.
Bu oddiy odamlarga yirik milliy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va shu orqali nafaqat kompaniya foydasining bir qismini olish, balki uni rivojlantirishda ishtirok etish imkonini ham beradi.
Xalq IPO‘sida aksiyalar birinchi navbatda jismoniy shaxslarga — mamlakat fuqarolariga sotiladi.
Xalq IPO‘si kompaniya uchun qanchalik foydali?
Kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirish uchun pulga muhtoj. Bankdan kredit olinganida esa foiz to‘lash va mulkni garovga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bank o‘rnatadigan qattiq to‘lov taqvimi biznesni xotirjam olib borishni qiyinlashtiradi.
Jahon moliyaviy amaliyotida bank kreditining muqobil varianti bor — investorni jalb qilish. Shu orqali tadbirkorlar o‘z biznesini yanada rivojlantira oladi.
Xalqa IPO‘si yordamida kompaniyalar qo‘shimcha sarmoyalarni mamlakatning oddiy fuqarolaridan oladi.
Ko‘pincha davlatning o‘zi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni kamaytirish uchun kompaniyalarning ulushini sotadi.
Xalq IPO‘si aholi uchun qanchalik foydali?
Aksiyalarga egalik qilish aholiga kompaniyaning rivojlanishi va o‘sishidan foyda olish imkoniyatini beradi. Bu yillik to‘lovlar — dividendlar va aksiyalar narxining oshishi orqali sodir bo‘ladi.
Xalq IPO‘si uchun eng barqaror kompaniyalar tanlab olinadi. Ularning aksariyati o‘z daromadlarini mamlakat ichidagi faoliyati orqali amalga oshiradi ya’ni bu jahon bozorlaridagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmaydi.
Mazkur barqarorlik investorlarni jalb qiladi, bu esa ularga bo‘lgan talabni va narxlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Nega davlatga Xalq IPO‘si kerak?
Birinchidan, davlat uchun Xalq IPO‘si — bu xalq pullarini mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb qilish usulidir.
Davlat kompaniyalari IPO davomida to‘plangan mablag‘larni ularni yanada rivojlantirish, aktivlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirishga yo‘naltirishi mumkin.
Ikkinchidan, Xalq IPO‘si muhim vazifaga — fond bozorini rivojlantirishga yordam beradi.
Yetakchi korxonalar aksiyalarini sotib olish imkoniyati bilan sarmoyadorlar doirasi kengayadi. Aksiyalarga talabning ortishi ularning likvidligining oshishiga olib keladi va bu o‘z navbatida, fond bozorining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdagi faolligi bozorga katta mablag‘ olib keladigan yirik investorlarni jalb qiladi.
Uchinchidan, uning yordamida davlat milliy boylikni mamlakat fuqarolari o‘rtasida taqsimlaydi.
Muvaffaqiyatli korxonalarning aksiyalariga egalik qilish fuqarolarga ularning rivojlanishi va o‘sishidan foyda olish imkoniyatini beradi.
Dunyo tajribasi: Buyuk Britaniyada IPO
Buyuk Britaniyada keng miqyosda xususiylashtirish va IPO jarayoni o‘sha vaqtlardagi mamlakat Bosh vaziri Margaret Tetcher boshchiligida kuzatilgan (1979—1990).
Margaret Tetcher davrida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuzilgan eng muhim xususiylashtirish bitimlari:
- 1982 yilda Amersham International yadroviy tibbiyot kompaniyasi 63 mln funt sterlingga (hozirgi kunda 97 mln dollar) sotilgan;
- 1984 yilda British Telecom kompaniyasi 3,9 mlrd funt sterling (6 mlrd dollar) evaziga sotilgan;
- 1986 yilda British Gas 5,6 mlrd funt sterlingga (8,6 mlrd dollar) sotilgan;
- 1987 yilda British Airways 900 mln funt sterlingga (1,4 mlrd dollar) sotilgan;
- 1987 yil Rolls-Royce 1,4 mlrd funt sterlingga (2 mlrd dollar) sotilgan.
1990 yilga kelib mamlakatda 600 ming ishchi ishlaydigan 40 dan ortiq Buyuk Britaniya davlat korxonalari xususiylashtirilgan.
1979—1990 yillarda Buyuk Britaniyada 60 milliard funt sterlingdan ortiq davlat aktivlari sotilgan va milliylashtirilgan sanoatning bandlik ulushi 9 foizdan 2 foizgacha kamaygan.
Tetcher vazir sifatida faoliyatini boshlagan vaqtda mamlakatdagi aksioner aholining soni uch milliondan 12—15 milliontagacha oshgan.
Xorijiy tajriba: dunyo tarixidagi eng yirik IPO
2014 yil sentyabrda Nyu-York fond birjasida Alibaba Grup Holding Ltd Xitoy xoldingining (egasi «Taobao.com», Tmall, «Alibaba.com», AliExpress va boshqalar) aksiyalari joylashtirilgan edi. Aksiyalarga bo‘lgan yuqori talab tashkilotchilarga ushbu qimmatbaho qog‘ozlarning dastlabki narxlar diapazonini oshirishga, va natijada ko‘proq pul jalb qilishga imkon yaratdi.
Ko‘pincha aksiyalar joylashtirilgan birinchi kunida «IPO sakrashi» ro‘y berib, shunda narxlar keskin ko‘tariladi. Birinchi sessiya natijalari bo‘yicha Alibaba aksiyalari 38 foiz o‘sdi va har birining narxi 93,89 dollar ga yetdi.
IPO natijasida Xitoy xolding kompaniyasi bozor qiymati bo‘yicha Facebook, Amazon va JPMorgan Chase bankni ortda qoldirdi. Alibaba kapitalizatsiyasi 231,4 milliard dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston tajribasi: tariximizdagi ilk IPO
2018 yilda «Toshkent» fond birjasida «Kvars» aksiyalarining sotuvi start oldi. 3,3 mingdan ortiq kishi shisha zavodining yangi aksiyadorlariga aylandi.
Aholi ko‘proq qimmatbaho qog‘ozlarni kichik miqdorda oldi - 2 dan 100 dona aksiyagacha, maksimal paket soni esa 2287 dona aksiyadan iborat bo‘ldi.
Brokerlar buni O‘zbekistonda fond bozori endigina rivojlana boshlagani va investorlar dastlabki taxminiy qadamlarni qo‘yayotgani bilan izohlashdi. Qimmat qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘ ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yo‘naltirildi.
«Kvars» aksiyalarini ikkilamchi joylashtirish (SPO) 2019 yilning oxirida amalga oshirildi. Tashkilotchi sifatida Freedom Broker xalqaro investitsion kompaniyasi bo‘ldi. Zavod avvaliga 4,82 mln aksiyalarni sotishni rejalashtirgan edi, ammo obuna jarayoni davomida brokerlar 4,89 mln aksiyalar uchun talabnomalar olishga erishdilar. Talab 101,4 foizni tashkil qildi.
Oddiy odamga aksiyalarni sotib olish nima uchun kerak?
Qimmatbaho qog‘ozlar — dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida foyda ko‘rishning keng tarqalgan an’anaviy vositasi. Masalan, Gallup Amerika jamoatchilik fikri institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning aprel—may holatiga ko‘ra, 58 foiz amerikaliklar aksiyalarga egalik qiladi.
Aksiyalar xaridorlari nimaga ega bo‘ladi:
- Aksiyalarning katta paketini sotib olgan investor aksiyadorlar majlisida ovoz berish yo‘li bilan biznesni boshqarishga ta’sir qila boshlaydi.
- Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin sotib olingan aksiyalarni qimmatroq sotish imkoniyati bo‘ladi.
- Kompaniyada yangitdan foyda olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi