09:13 / 02.01.2023
941

O‘zbekistonning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

O‘zbekistonning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi
O‘zbekiston Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

«Norma» portali ma’lumotiga ko‘ra, hujjat bilan 2023-2025 yillar uchun Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari, tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha oylik monitoring o‘rnatilishi va ularning o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Dastur ijrosi natijalari, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tarmoq jadvallarining bajarilishi har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritib boriladi.

Shuningdek, qaror bilan 2023 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

— investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur;

— ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarining manzilli ro‘yxati;

— strategik investitsiya loyihalari ro‘yxati;

— O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

— to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati va boshqalar.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qarorga muvofiq vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari - loyihalar tashabbuskorlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 20 yanvarga qadar har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Davlat tashqi qarzi jalb qilinishi rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalarining konsepsiyalari ishlab chiqilib, 2023 yil 5 fevralga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritilishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi