14:46 / 03.02.2023
246

Prezident Namangan viloyatidagi tadbirkorlik sohasi bo‘yicha qarorni imzoladi

Prezident Namangan viloyatidagi tadbirkorlik sohasi bo‘yicha qarorni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kuni kecha Namangan viloyatida tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qaror imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining viloyatga qilgan tashrifi davomida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik uchun 950 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 480 milliard so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek, aholini daromadli ish bilan ta’minlash maqsadida, 45 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari beriladi. O‘tgan 2022 yilda 15,5 mlrd so‘mlik subsidiya berilgan edi.

Bu yildan eng og‘ir tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Namangan viloyatida Mingbuloq 5-toifaga, Norin tumani 4-toifaga kiritilgan bo‘lib, ushbu hududlarda tadbirkorlarga soliq to‘lash, kredit va kafolat olish, davlat bojlarini to‘lashda katta yengilliklar berildi.

Prezident qaroriga ko‘ra Namangan viloyatida maxsus tekstil zonasi tashkil etiladi va 15 ta sanoat zonasi infratuzilmasiga 75 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, har bir tumanda kamida 2 tadan mikromarkaz o‘z faoliyatini boshlaydi.

Aholiga dehqonchilik uchun tarqatiladigan 9,5 ming gektar yer (so‘nggi ikki yilda 8 ming gektar berilgan) qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Ushbu dehqon va tadbirkorlar o‘z mahsulotiga bozor topishi uchun, Namanganda 1 sentyabrga qadar 15 ta yirik savdo majmuasi, dehqon bozori va «eko bozor» ishga tushiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident Namangan viloyatidagi tadbirkorlik sohasi bo‘yicha qarorni imzoladi