160
Toshkentda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 mlrd dollar yo‘naltiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida prezident tomonidan quyidagi qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi:
- sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;
- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlash;
- Yuqori Chirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
- 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;
- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.
Yig‘ilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlandi. Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m kredit yo‘naltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:
- 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni ta’minlash;
- 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obyektlarini ishga tushirishga ko‘maklashish topshirildi.
Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun Toshkent shahriga 1,4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, «Ochiq budjet» doirasida mahallalar infratuzilmasiga 573 milliard so‘m ajratiladi.
Prezident mahallalarni obodonlashtirish, tarmoqlar, yo‘llar, suv inshootlarini ta’mirlash ishlariga yana qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ta’kidladi.
Shuning uchun shahardagi 584 ta mahallaning har biriga budjetdan qo‘shimcha 1 milliard so‘mdan, jami yana 584 milliard so‘m ajratishga qaror qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi