Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Toshkentda «O‘zbekiston – Sloveniya» biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Sloveniya delegatsiyasiga esa Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchilik qildi.
Tashqi savdodagi ko‘rsatkichlarni oshirish uchun tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun zarur qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratib berish masalalari bo‘yicha kelishib oldilar. Erishilgan kelishuvlar biznes-forum davomida imzolangan O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda o‘z aksini topdi.
Taqdimot va ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida kechgan muloqotlarda avtomobilsozlik, butlovchi qismlar, metall buyumlar, gidravlik turbinalar, nasoslar, farmatsevtika mahsulotlari birgalikda ishlab chiqarishda sheriklik munosabatlarini o‘rnatish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Chorvachilik, bog‘dorchilik va urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun agrosanoat kompleksini yaratish, shuningdek, Sloveniyaning Mercator Group yirik savdo tarmog‘i filiali O‘zbekistonda faoliyatini tashkil etish muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?