21:44 / 27.02.2023
212

Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilyapti

Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilyapti

2022 yil 10 dekabrdan Ai-80 avtobenzini uchun aksiz solig‘i nol stavkada qo‘llanishi va birjada “spred”, ya’ni narxlarning o‘sish darajasi cheklanishi belgilangan edi.

Natijada AYOQSHlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning narxi bir litri uchun o‘rtacha 6800–7500 so‘mdan 5700–6000 so‘mgacha, ya’ni o‘rtacha 1100 so‘mga arzonlashgandi.

Bu tartib qishda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari uzoq vaqt yopiq bo‘lgani munosabati bilan joriy qilingandi.

Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr 1 martgacha deb belgilangan. Demak, bahorning ilk kunidan e’tiboran Ai-80 narxi qimmatlaydimi? “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining tasdiqlashicha, 1 martdan aksiz solig‘i hisoblanishi va birjada narxlarning erkin shakllanishi hisobiga Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilyapti.

Rasmiylarga ko‘ra, 1 martdan birjaga chiqariladigan 1 tonna mahalliy Ai-80 benzinining boshlang‘ich narxi 6 mln 863 ming so‘mdan, import avtobenzini esa 8 mln 36 ming so‘mdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar o‘rtacha 8 mln 150 ming so‘m, ya’ni 1 litr uchun 6 100 so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan bo‘ladi.

Ya’ni narxlar imtiyozli davrdan oldingi 6800-7500 so‘mlik darajaga qaytadi.

Ma’lum qilinishicha, aksiz solig‘i nol stavkada qo‘llanishi va birja savdolarida “spred” joriy etilishi davrida (2022 yil 12 dekabr – 2023 yil 22 fevral) respublika iste’molchilariga 386 ming tonna (o‘rtacha kunlik 5 300 tonna), yoki o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga ko‘p Ai-80 benzini yetkazib berilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilyapti