23:29 / 31.03.2023
106

Respublika valyuta birjasi bosh direktori: “O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi”

Respublika valyuta birjasi bosh direktori: “O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi”
Foto: Respublika valyuta birjasi
O‘zbekiston birja bozorida 2022 yilda qariyb 707 trillion so‘mlik savdolar amalga oshirildi. Bu haqda Respublika valyuta birjasi bosh direktori Rashid Usmonov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
 
Rashid Usmonovning aytishicha, o‘tgan yilgi savdolarning o‘sish hajmi 2021 yilga nisbatan juda yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
 
2022 yilda birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sish ko‘rsatib, 707 trillion so‘m hisobida hajmga ega bo‘ldi. Bu raqam 2021 yilda 338 trillion so‘m edi. Ya’ni o‘tgan yili qariyb ikki baravar o‘sish kuzatildi. Xususan, valyuta bozoridagi savdolar 338 trillion so‘mni, pul bozordagi savdolar 270 trillion so‘mni tashkil etdi”, – dedi tashkilot rasmiysi.
 
Qo‘shimcha qilinishicha, 2022 yilda birjaga jami 87,3 trillion so‘m qiymatida davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan qariyb 3,5 barobar yuqori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Respublika valyuta birjasi bosh direktori: “O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi”