111
Shavkat Mirziyoyev: “Jahon savdo tashkilotiga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz”
O‘zbekistonda tashqi savdoni erkinlashtirish bo‘yicha navbatdagi muhim qadamlar qo‘yildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida ma’lum qildi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi.
Jumladan, investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xom ashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi. Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashgan tartibi joriy etildi.
Tashqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqish, yangi-yangi bozorlarga kirish maqsadida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlarni jadallashtirdi.
“Alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, Jahon savdo tashkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga to‘la mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz”, — dedi prezident.
Qayd etilishicha, hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uyg‘unlashtirish qizg‘in bosqichda.
2022 yilning dekabrida Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Shu yilning martida ham Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?