“O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 markali benzin narxi yana pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mart oyining o‘rtalarida UNG Petro benzin quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin uchun bahorgi chegirma e’lon qilingan bo‘lib, 7 500 so‘mdan sotilmoqda. 30 aprel kuni UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1 maydan to‘xtatilishi haqida xabar chiqarildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu sanadan boshlab “O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini narxi oshirilmaydi. UNG Petro mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan va bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘rilayotgan choralar natijasida Ai-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7 500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan vazirlik o‘z axborotida.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?