O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalarida “O‘zbekneftgaz” zapravkalarida Ai-92 benzinini 7 ming 500 so‘mdan sotish boshlangan edi. O‘shanda chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishi ta’kidlangandi, lekin chegirma muddati qachon tugashi aniq aytilmagandi. Ushbu benzin narxi ko‘tarilishidan avval o‘sha vaqtda Ai-92 benzini 9 ming 200 so‘m atrofida edi.
Yana arzonlashadi
Aprel oyi oxiriga kelib ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan Ai-92 benzini narxi yana ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Energetika vazirligi bunga javoban Ai-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7 ming 500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilayotganini eʼlon qilgandi. Lekin oradan 3 oy o‘tgan bo‘lsa-da, narx arzonlashmadi.
Chegirma tugadi
1-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” zapravkalarida Ai-92 benzini narxi 1100 so‘mga ko‘tarilgani, yaʼni 8 ming 600 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga izoh olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov bilan bog‘landik.
Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilgan. Hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” zapravkalarida Ai-80 benzini 6 ming 50 so‘mdan sotilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring