date

Jahon banki Argentinaga 845 million dollar kredit berdi

Jahon banki Argentinaga 845 million dollar kredit berdi

Argentina hukumati infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun Jahon bankidan umumiy qiymati 845 mln dollar bo‘lgan uchta kredit oladi. Bu haqda 12 iyulda Argentina iqtisodiyot va moliya vaziri Alfonso Prat-Gayni so‘zlaridan xabar beradi “Kun”.

"Biz oxirgi ikki haftada Jahon banki rahbariyati Argentina uchun uchta muhim loyihani ma’qullaganini ma’lum qilishdan xursandmiz", deb aytdi Prat-Gay Jahon banki boshqaruvchi direktori Shri Muliani Indravati ishtirok etgan matbuot-anjumanida.

Xususan, Jahon banki aholining ijtimoiy zaif guruhlaridan bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga 600 mln dollar ajratadi. Yana 200 mln dollar Buenos-Ayresdagi toshqinlarni bartaraf etish ishlariga yo‘naltiriladi. Prat-Gayning ta’kidlashicha, "bu Jahon banki tomonidan oxirgi 5 yil ichida ma’qullangan birinchi infratuzilmaviy loyiha" bo‘ldi. Yana 45 mln dollar kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantiruvchi dasturga ajratiladi.

Indravati "Argentinaning xalqaro sahnaga qaytishga urinishi dunyoda ijobiy baholanayotganini" aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki Argentinaga 845 million dollar kredit berdi