2023 yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
2023 yilning avgust oyidagi istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,0 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar