Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Samarqandda bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston va Isroil qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri g‘alla yetishtirishda Isroil texnologiyalarini joriy qilish va bu boradagi ishlarni jadallashtirish lozimligini ta’kidladi. Suvdan tejab foydalanish, suv tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish borasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qator davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring