23:10 / 19.10.2023
172

O‘zbekistonga 2030 yilgacha Fors Ko‘rfazi mamlakatlaridan 10 milliard dollar jalb qilinadi

O‘zbekistonga 2030 yilgacha Fors Ko‘rfazi mamlakatlaridan 10 milliard dollar jalb qilinadi

O‘zbekistonliklar tomonidan AQSHda tashkil qilingan GulfCA Corp. kompaniyasi 2030 yilga qadar Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari, xususan, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardan 10 milliard dollar qiymatga ega investitsion va biznes loyihalarni olib kelishda vositachilik qiladi. Bu haqda GulfCA kompaniyasi asoschisi, dunyoning 22ta mamlakatida bir nechta muvaffaqiyatli investitsion banklarni tashkil qilgan Alisher Jumanov Londonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonlik” forumida ma’lum qildi.

“Bir necha yildan beri jamoamiz bilan o‘z mintaqamiz, xususan, ona vatanimiz O‘zbekistonga investitsiyalar jalb qilish, yirik xalqaro kompaniyalarni ushbu bozorlarga olib kirish bo‘yicha biznes boshlash niyati bor edi. O‘tgan oylar davomida dunyoning turli nuqtalarida asli o‘zbekistonlik moliyachi professionallar bilan muloqot qilib, ushbu ishni vanihoyat boshlashga, bunda Markaziy Osiyo va O‘zbekistondan chiqib, dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan mutaxassislar salohiyatidan foydalanishga qaror qildik”, - deydi Jumanov o‘zining “O‘zbekistonlik” forumi doirasida qilgan taqdimotida.

Jumanovning ta’kidlashicha, “O‘zbekistonlik” forumi kabi maydonchalarda bugun xorijda yashayotgan, o‘z biznesini yuritayotgan yoki o‘z sohasida salmoqli tajribaga ega vatandoshlar o‘z fikri, takliflari va dunyoqarashini erkin ko‘rsata olishi mamlakatimiz tarixida bir pretsedent: “Bu oxirgi yillardagina mumkin bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib Kolumbiya universitetida tahsil olgan va umrining ko‘proq qismini chet elda o‘tkazgan odam sifatida avvallari yashagan mamlakatlarimizda O‘zbekiston elchixonasi tadbirlariga bormaslikka harakat qilar edik. Bugun vaziyat o‘zgarganini e’tirof qilish kerak”, - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan's club Alisher Jumanovni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan II xalqaro “O‘zbekistonlik” forumiga spiker sifatida jalb qilib, unga master rezident maqomini bergan edi. Parijdagi forumda global investitsion bankir 15 yil avval bir guruh o‘zbekistonlik mutaxassislardan jamoa tuzib Mo‘g‘uliston, Myanma, Mozambik, Argentina kabi mamlakatlarda muvaffaqiyatli investitsion biznesni yo‘lga qo‘ygani, “o‘zbekistonliklar dunyoning istagan joyida zo‘r biznes qila olishi”ni o‘zi va boshqalar uchun isbotlagani haqida so‘zlab bergandi.

Uzbekistan's club bunday forumlarni tashkil etishda davom etadi, keyingi forum AQSHda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uzbekistan's slub hamkorlari Ucell aloqa operatori va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti. Loyiha Ëshlar ishlari agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Loyiha "qanotlari" — Uzbekistan Airways.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga 2030 yilgacha Fors Ko‘rfazi mamlakatlaridan 10 milliard dollar jalb qilinadi