13:04 / 29.12.2023
159

O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi

O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi
2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHM 5-10  baravari) miqdorda «yo‘l yig‘imi» joriy etiladi.
 
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.
 
Mazkur yig‘im joriy etilishi natijasida 63 mlrd so‘m mablag‘lar umumfoydalanishdagi yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.
 
Respublikada yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq 30 080  ta transport vositalari va tirkamalar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi