Foto: Dunyo
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdialiyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Polshada bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tashrif davomida Polsha rasmiy doira vakillari, ishbilarmonlar, yirik korxona egalari bilan muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston-Polsha tadbirkorlari uyushmasi bilan birgalikda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oltiariq tumani vakillari tomonidan hududning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha taqdimot qilindi.
Tadbir yakunida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida V2V uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda 15 million AQSH dollarga teng qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va tekstil mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Polsha – Osiyo savdo palatasi prezidenti Yanush Pixochinski bilan kechgan muloqotda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Varshava shahridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa davlatlari bo‘ylab yetkazib beruvchi EWA-BIS MCHJ rahbari Marek Marzes bilan uchrashuvda esa Farg‘ona viloyati va Oltiariq tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Polsha orqali Yevropa bozorlariga sotishga to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi