23:38 / 24.10.2024
27

Serbiya sobiq prezidenti: “O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir”

Serbiya sobiq prezidenti: “O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir”
Boris Tadich
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

23 oktyabr kuni Toshkentda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasidagi “O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro tadbir tashkil etildi.

Unda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Latviya sobiq prezidenti Raymonds Veyonis, Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadich, Xalqaro elektraloqa ittifoqi sobiq bosh kotibi Hamadoun Ture, Irlandiyaning IDA (Industrial Development Authority) tashkiloti maslahatchisi Shon Makklin, NEC korporatsiyasi sobiq vitse-prezidenti hozirgi kunda raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akihiro Sakurai ishtirok etdi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Tadbirda so‘zga chiqqan Latviya sobiq prezidenti Raymonds Veyonis ta’kidlashicha, O‘zbekistonning sarmoyaviy muhitdagi islohotlari Yevropa davlatlari kompaniyalarining ko‘payishini osonlashtiradi. Xorijiy investitsiyalar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va xorijiy kompaniyalarning bu yerga kelib ishlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, O‘zbekistonda IT Park rezidentlariga beriladigan imtiyozlar 2040 yilgacha uzaytirilishi investorlar uchun ishonchni oshirib, jozibador muhit yaratdi. Bu islohotlar 2030 yilga qadar IT eksporti 5 mlrd AQSH dollarga yetkazish va Sun’iy intellekt bozori 1,5 mlrd AQSH dollarga yetkazilishiga zamin yaratdi.

Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadichning fikricha, O‘zbekiston hukumati tomonidan IT sohasiga berilayotgan e’tibor tufayli O‘zbekiston “Mintaqaviy IT Hub”ga aylanmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar uchun biznes yuritish va investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir.

Boris Tadich O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish orqali hukumat, bugungi davr talablariga dosh berishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarning yangi avlodini keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu startapchilar nafaqat iqtisodiy ishtirokchilar, balki ijtimoiy qiymat yaratish va turmush darajasini oshirishda muhim hamkorlardir. O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish uchun kiritilgan xorijiy investitsiyalar miqdorida mahalliy mablag‘ ajratilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ygan. Davlat rahbari 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida IT Park rezidentlari soni 10 barobar ko‘payishini, kelgusida 100 ming yangi ishchi o‘rni yaratilishini aytdi. Prezident bir yil ichida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti ikki barobar oshganini, kelajakda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish reja qilinganini qayd etdi.

14 oktyabr kuni qabul qilingan “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan ayrim IT Park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Serbiya sobiq prezidenti: “O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir”