
Oʻzbekistonning bir qator tijorat banklarida bugun 1 AQSh dollari sotuv kursi 13 000 soʻmga etdi. Infinbank, OFB, Tenge Bank va Hamkorbank dollarni 13 000 soʻmdan, KDB Bank esa 13 005 soʻmdan sotmoqda.
Eng arzon sotuv kursi «Xalq banki», Anor Bank va «Aloqa bank»da boʻlib, ular dollarni 12 945 soʻmdan taklif qilmoqda. Sotib olish narxi esa banklarda 12 880–12 940 soʻm oraligʻida oʻzgarib turibdi.
Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan rasmiy kurs 12 942,01 soʻm qilib belgilandi. Shuningdek, soʻnggi yillarda milliy valyuta qadrsizlanishi jarayoni davom etmoqda: 2024 yil davomida soʻm 4,71 foizga qadrsizlandi.
Moliya ekspertlari kelgusi yillarda dollar kursi bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanishini ta'kidlamoqda.
Dollar kursi
Dollar kursi Xalq banki Aloqa bank KDB Bank Markaziy bank Infinbank Tenge Bank Hamkorbank Anor Bank Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar