
Kriptovalyuta bozori 24 soat ichida 240 milliard dollar yoʻqotdi, bu tarixdagi eng yirik pasayishlardan biri boʻldi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar berdi.
Nima sabab boʻldi?
Birinchi sabab sifatida Xitoyning yangi sun'iy intellekti – DeepSeek keltirilmoqda.
U katta raqobat keltirib chiqardi.
- Texnologiya sektori an'anaviy ravishda raqamli aktivlar bilan bogʻliq boʻlgani uchun bozorga ta'sir koʻrsatdi.
- Bundan tashqari, uzoq davom etgan oʻsishdan soʻng kriptovalyutalar sotuvi koʻpaydi va narxlar tushdi.
Uchinchi omil – AQShning Federal Rezerv tizimi (FRS) siyosati. Bundan tashqari, Donald Trampning yangi farmonlari sababli Kanada, Meksika va Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga katta bojlar joriy etildi, bu esa moliya bozorlariga ta'sir qildi.
Coinglass ma'lumotlariga koʻra, 3-fevralga oʻtar kechasi kriptotreyderlar 2 milliard dollardan ortiq yoʻqotdi.
Soʻnggi 24 soat ichida majburiy yopilgan savdo pozitsiyalari 2,24 milliard dollarni tashkil etdi. 730 mingdan ortiq treyder zarar koʻrdi.
Bitcoin kursi 3-fevral, dushanba kuni ertalab 100 ming dollardan 93 ming dollargacha tushdi.
Soat 11:10 (Moskva vaqti bilan) birinchi kriptovalyuta 95 430 dollar boʻldi.
Ushbu ma'lumotlar faqat axborot maqsadida taqdim etilgan boʻlib, individual investitsiya tavsiyasi hisoblanmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar