16:24 / 02.11.2016
9 535

Birlashgan arab amirligida O‘zbekiston meva-sabzavot do‘koni ochildi

Birlashgan arab amirligida O‘zbekiston meva-sabzavot do‘koni ochildi

BAA Sharjadagi eng yirik Souq Al Jubail savdo markazida, O‘zbekiston konsulligi yordamida, vatanimizda etishtirilgan meva-sabzavotlar sotish do‘koni ochildi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Savdo markaziga tashrif buyuruvchilar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlari hali yangi bo‘lishiga qaramay, shuningdek Xitoy, Eron, Pokiston va Hindiston mahsulotlari bilan mavjud raqobatga qaramasdan, BAA bozorida munosib o‘rin egallashi mumkin.

Sharja shahri markazida joylashgan Souq Al Jubail savdo markazi 1981 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahalliy aholi orasida savdo markazi yuqori sifatli mahsulotlar etkazib beruvchi sifatida tanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birlashgan arab amirligida O‘zbekiston meva-sabzavot do‘koni ochildi