06:00 / 19.02.2025
2 838

Ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi

Ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi
“Tomorqa er egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-22-son, 14.02.2025-son) qabul qilindi.

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi:

- har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

- usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

- muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot etishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi;

- tomorqa er egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi sub'ektlarga tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini etishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;

- aholi tomorqalari va ijara erlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot