11:00 / 07.03.2025
4 574

Yirik marketpleyslardan biri O‘zbekistonga 51,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Yirik marketpleyslardan biri O‘zbekistonga 51,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi
Rossiyaning "Wildberries" elektron savdo platformasi tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qo‘mita elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

“Wildberries" marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024 yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, faoliyatni O‘zbekiston qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e’tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot