
O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda ommalashib borayotgan BNPL («Hozir ol – keyin to‘la») tizimini tartibga solishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2 may kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi konferensiyasida e’lon qilindi, deb xabar beradi Kursiv Uzbekistan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda regulyator xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda tartibga solinmagan bozorlardagi potentsial xatarlarni aniqlash uchun stress-testlar o‘tkazmoqda. Ayniqsa, aholining qarz yukiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tizimlarga e’tibor qaratilmoqda.
BNPL aynan shunday tizimlardan biri sifatida ko‘rsatildi. Shu bois, fuqarolarning kredit majburiyatlarini bank tizimida hisobga olish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari joriy qilinadi.
O‘zbekiston Markaziy BankiBNPL TizimiRassrochka BozoriKredit MajburiyatlariStress-TestlarAholining Qarzi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar