date
views 31

AQSh banklari yagona steyblkoin yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh banklari yagona steyblkoin yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
AQShning yetakchi banklari yagona stablecoin ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Investing.com. Bu tashabbusga tokenlarga talabning ortishi va qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar turtki bo‘lmoqda.

Manbalarga ko‘ra, loyiha natijasi ko‘p jihatdan regulyatorlarning yondashuviga bog‘liq.

Bu hafta AQSh Senati stablecoin’larni tartibga soluvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, bunday tokenlar AQSh dollari yoki boshqa likvid aktivlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kapitalizatsiyasi $50 mlrd dan oshgan emitentlar har yili auditdan o‘tishi shart. Qonun hali yakuniy shaklda qabul qilinmagan.

Loyihada banklardan tashqari The Clearing House to‘lov xizmati va Early Warning Services fintex kompaniyasi ham ishtirok etadi. Bu kompaniya Zelle to‘lov tizimining orqasida turadi.

Stablecoin’larni tartibga solish faqat AQShda emas: Gonkong ham yaqinda fiat valyutalar bilan ta’minlangan stablecoin’larni nazorat qiluvchi qonunni qabul qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSh banklari yagona steyblkoin yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda