date
views 60

Nvidia aksiyalari $141,3 gacha ko‘tarildi

Nvidia aksiyalari $141,3 gacha ko‘tarildi
Amerikalik Nvidia kompaniyasining aksiyalari Nyu-Yorkdagi savdo yakunlarida 4,87% ga oshib, bir dona aksiya $141,3 ga yetdi, deb Kursiv xabar berdi. Bu o‘sish yanvar–mart oylari uchun e’lon qilingan ijobiy moliyaviy hisobotdan so‘ng yuz berdi.

May boshida kompaniyaning umumiy mahsulot savdosi 44,1 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa tahlilchilar kutgan 43,3 milliard dollardan sezilarli darajada yuqori. O‘yin uskunalari bo‘yicha savdolar ham kutilganidan yuqori chiqdi — $2,8 milliard o‘rniga $3,8 milliard.

Kompaniya rahbari Jensen Huang ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘ylab Nvidia’ning sun’iy intellekt (AI) yechimlariga talab keskin oshmoqda.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining cheklovlari tufayli Nvidia Xitoy bozorida deyarli faoliyat yurita olmayapti. Xususan, protsessor va data-markazlar yetkazib berish taqiqlandi. Shu sababli kompaniya 4,5 milliard dollarlik aktivni yo‘qotishga majbur bo‘ldi.

Emarketer tahlilchisi Jeykob Bornning fikricha, Nvidia global yetakchilikni saqlab qolish uchun geosiyosiy, raqobat va iqtisodiy muammolarni yengib o‘tishi kerak.

Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da kompaniya aksiyalari 0,51% ga pasayib, $134,8 ni tashkil etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nvidia aksiyalari $141,3 gacha ko‘tarildi