
O‘zbekistonda mikrozaymlar bozori bir yilda 2,3 barobarga oshdi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Joriy yilning yanvar–mart oylaridagi natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda berilgan mikrozaymlar hajmi 18,7 trln so‘mdan oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘paygan.
Shuningdek, mikrokreditlash bozori ham o‘sishda davom etib, 2,9 trln so‘mdan 5,4 trln so‘mgacha oshgan.
Aprel oyi boshida aholi tomonidan rasmiylashtirilgan jami kreditlar hajmi 34,9 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu yiliga nisbatan 74 foizga o‘sishni anglatadi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 3 iyul holatiga mikrozaymlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,9% ni tashkil qilgan.
Bahor oylarida regulyator mikrozaymlar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun ortiqcha to‘lovning eng yuqori miqdorini cheklash bo‘yicha qaror chiqardi. Yangi limit 0,25% (ilgari 0,3%) etib belgilandi. Shuningdek, mikrozaym bo‘yicha umumiy ortiqcha to‘lov yillik asosiy qarz miqdorining 50% dan oshmasligi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing