
SpaceX Ilon Maskka tegishli bo‘lib, u tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt (SI) startapi xAI’ga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqda, deb Kursiv.media xabar berdi. Bu mablag‘lar Morgan Stanley boshchiligidagi 5 milliard dollarlik yirik moliyalashtirish bosqichining bir qismi hisoblanadi. Bu SpaceX tomonidan tashqi loyihaga kiritilgan birinchi va eng yirik investitsiya hisoblanadi.
Kompaniya daromadlari o‘sishda davom etmoqda, shunga qaramay SpaceX Starship raketa loyihasiga milliardlab dollar sarflashda davom etmoqda. Bu loyiha hali ham texnik muammolarga duch kelmoqda.
Ilon Mask xAI startapini faol rivojlantirmoqda va har yili model o‘rganish jarayonlariga milliardlab dollar sarflamoqda. xAI ijtimoiy tarmoq X bilan birlashgan bo‘lib, bu kompaniyaning umumiy bahosi 113 milliard dollarga (taxminan 1,4 trln so‘m) yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar