
Prezident qarori bilan 2025–2026 yillarda Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning soni 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkaziladi.
2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrga qadar Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlik subyektlariga:
- havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.
Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda:
- chorvachilik yo‘nalishida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini tadbirkorlik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada (shundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi;
- tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kredit mablag‘lari uchun sug‘urta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov ta’minotini 50 foizgacha etib belgilanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar