date

Suriya milliy valyutasini chop etishda Rossiyani tanladi

Suriya milliy valyutasini chop etishda Rossiyani tanladi

Suriyaning yangi pul birligi Rossiyaning “Goznak” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bosib chiqariladi. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalari orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy valyuta sifatida Suriya funti qoladi, ammo yuqori inflyatsiya sababli uni denominatsiya qilish rejalashtirilgan. Ya’ni yangi banknotlarda ikki nol olib tashlanadi.

Agentlikning yozishicha, Suriya delegatsiyasi iyul oyi yakunida Moskvaga tashrif buyurib, “Goznak” bilan tegishli kelishuvni imzolagan. Shunisi qiziqki, ushbu kompaniya avval ham prezident Bashar Asad hokimligi davrida Suriya uchun pul bosib bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Reuters Suriya o‘z milliy valyutasini Rossiyada emas, balki BAA yoki Germaniyada bosish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Suriya milliy valyutasini chop etishda Rossiyani tanladi