date

Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi

Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha haftalik tahlilga ko‘ra, 2025-yil sentyabr oyining birinchi ish haftasida bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 52400 so‘mga qimmatlashdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 262000 so‘mga qimmatlashganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi