22:38 / 05.01.2017
6 382

O‘zbekistonda xalqaro arbitraj paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda xalqaro arbitraj paydo bo‘lishi mumkin

Joriy yilda O‘zbekistonda chet ellik hakamlar ishtirokidagi xalqaro tijoriy arbitraj instituti paydo bo‘lishi mumkin. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirildi. Qonun loyihasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayyorlandi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz sayti.

Hujjatda arbitraj jarayonining barcha bosqichlari — tomonlarning arbitraj shartnomasining tuzishi, arbitraj qarorini ijro etishda uning shartlari, tan olinish tartiblari va o‘tkazilishi bo‘yicha reglamentlar ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasida arbitraj tekshiruvining asosiy tamoyillari sifatida arbitrlarning mustaqilligi va betarafligi, arbitraj qarorlarining qat’iyligi va majburiyligi keltirib o‘tilgan.

Arbitraj sudi tarkibi 25 yoshdan kichik bo‘lmagan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tarkib topishi mumkin.

Qonun loyihasi muhokamasi yanvar oyining birinchi yarmida tugallanadi va qonun apreldan kuchga kirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda xalqaro arbitraj paydo bo‘lishi mumkin