
Markaziy bank 2025 yil 27 noyabrdan amal qiladigan yangi valyuta kurslarini e’lon qildi. Ushbu yangilangan ko‘rsatkichlar milliy valyutaga nisbatan asosiy chet el pul birliklarining birmuncha arzonlashganini ko‘rsatmoqda.
Eng ko‘zga ko‘ringan o‘zgarish — AQSH dollarida. Yashil valyuta 55,29 so‘mga arzonlab, 11 881,60 so‘m etib belgilandi. Bu kunlik dinamika dollarning qisqa muddatdagi kamayishini aks ettiradi.
Yevropa Ittifoqining yevro pul birligi ham sezilarli ravishda pasaydi — 19,81 so‘mga tushish natijasida yangilangan kurs 13 749,39 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, funt-sterling ham o‘z pozitsiyasini biroz yo‘qotib, 26,29 so‘mga arzonladi va 15 652,82 so‘m darajasida mustahkamlandi.
Qo‘shni mamlakatlar valyutalarida ham pastga qarab siljish qayd etildi. Xususan, Rossiya rubli 0,51 so‘mga tushib, 151,05 so‘m etib belgilandi. Qozog‘iston tengesi esa 0,13 so‘m pasayib, 22,91 so‘mga teng bo‘ldi.
Umuman olganda, valyuta bozoridagi bu harakatlar ichki iqtisodiy omillar, tashqi moliyaviy tendensiyalar va global bozordagi yangiliklar bilan uzviy bog‘liq. Muttaxassislar fikriga ko‘ra, valyuta kurslaridagi bunday qisqa muddatli o‘zgarishlar bozordagi tabiiy dinamikaning bir qismi hisoblanadi.
Yangi kurslar 27 noyabrdan boshlab rasman amal qiladi. Moliya sohasida faol ish yurituvchilar va tijorat bilan shug‘ullanuvchilar esa bu o‘zgarishlarni yaqindan kuzatishi tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.