date

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati rivoji uchun aniq strategiyani belgiladi

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati rivoji uchun aniq strategiyani belgiladi

3 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, tannarxlarni pasaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning tafsilotlari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha aniq strategiya qabul qilingan. 2030 yilgacha ushbu tarmoqning hajmini ikki barobarga oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni 1,5 barobarga ko‘paytirish va eksportni 1 milliard dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan.

Tarmoqda joriy kunda 1 milliard dollarlik 21 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda, va kelgusi uch yil uchun yana 4,5 milliard dollarlik yangi tashabbuslar shakllantirilgan. Loyihalarning asosiy maqsadi — energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni kamaytirish.

Hozirda, kimyo sanoatidagi yirik korxonalardagi eskirgan quvvatlar va yuqori energiya xarajatlari raqobatbardoshlikning pastligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Masalan, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda tannarxning 55 foizi energiya xarajatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, qo‘shni davlatlardan kelgan talab va logistika imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali yangi mahsulotlar turlarini ishlab chiqarish va eksportni ikki barobarga oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yilda Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlarida yangi loyihalar ishga tushib, yangi turdagi mineral o‘g‘itlar va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni boshladi. Bu mahsulotlarning eksportini oshirish uchun zarur hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Kelgusi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilingan.

Prezidentimiz kimyo sanoatini mamlakat iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoq deb baholab, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati rivoji uchun aniq strategiyani belgiladi