
Pokemon Go o‘yini daromadlari 2016 yilning iyulidagi relizidan etti oy o‘tib 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda "TechCrunch"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Shu tariqa, Pokemon Go milliard ishlab topish tezligi bo‘yicha Candy Crush Saga va Puzzles & Dragons kabi boshqa mobil o‘yinlar orasida rekordchiga aylandi. Ta’kidlanishicha, bunday natija Pokemon Go Xitoyda rasman chiqarilmaganiga qaramay yuz bergan.
Avvalroq pokemonlar haqidagi yangi mobil o‘yin Android va iOS’da ham taqdim etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar