UZCARD yaqinda overdraft xizmatiga ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
“Yagona umumrespublika prosessing markazi plastik kartochkalarga “overdraft” xizmati kiritish ustida faol ishlamoqda. Overdraft xizmati kiritilganda, bank mijozga hisob raqamida bor mablag‘dan ko‘proq xarajat qilib, keyinroq uni qoplash imkonini beradi, — deyilgan xabarda.
Rivojlangan mamlakatlarda plastik kartochkalarning aksariyati allaqachon kredit kartochkalarga aylangan. Ba’zi hollarda bu juda qulay, masalan,
oylik tugab qolganda birovdan qarz so‘rab yurmaysizda, bankdan olasiz. O‘zbekiston Tijorat banklari ham bugungi kunda bu borada turli bank xizmatlari ishlab chiqib uni tadbiq qilishga harakat qilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, shuningdek 2016 yilda O‘zbekistonda plastik kartochkalar oboroti 81%ga oshgani va kartochkalar yordamida amalga oshirilgan operasiyalar turi ham oshgani xabar berilgan.
O‘tgan yili O‘zbekistonda ayniqsa elektron kommersiya – ya’ni internet orqali tovar va xizmatlar sotib olish o‘sgani xabar qilingan. 2016 yilda elektron kommersiya oboroti 2015 yilga qaraganda 90 % ga oshdi. Aholi 155,3 mln. elektron operasiyalar amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi