Evropaning HSBC Holdings bankining 2016 yildagi sof daromadi 4,4 marta pasayib, 3,45 mlrd dollarni tashkil etgan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 15,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bank amaliyotidan tushgan foyda 3,4 martaga kamayib, u ham raqamlarda 3,45 mlrd dollardan iborat bo‘lgan, deb yozadi Kun nashri.
HSBC bosh direktori Styuart Gulliverning bayonot berishicha, ko‘rsatkichlarning pasayishiga 2016 yilda ro‘y bergan «qator yirik hodisalar» sababdir. Xususan, Evropadagi Global Private Banking bo‘limi qarzlaridan voz kechilishi, Braziliyadagi biznesni sotishdan ko‘rilgan zarar, HSBC biznesini strategiyaga moslashtirish bo‘yicha xarajatlar shular jumlasiga kiradi. Hisobotda, shuningdek, joriy yilda jahon iqtisodiyotiga xavf solayotgan tahdidlar haqida so‘z yuritilgan.
Bank hisobotida Evropa borasida shunday deyiladi:
«Evropa davlatlari siyosiy keskinlik kuchayishiga duch keladi, ular migrasiya, terrorizm hamda Rossiya bilan munosabatlar keskinlashuvining kuchayishiga doir xavotirlarga uchraydi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya va EI o‘rtasidagi bo‘lg‘usi munosabatlarning noaniqligi ham salbiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 2017 yildagi Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va katta ehtimol bilan Italiyadagi saylovlar noaniqlikni kuchaytiradi».
Ushbu hisobot e’lon qilinganidan so‘ng, bank aksiyalari narxi 1 foizga qimmatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi