12:23 / 13.03.2017
6 005

AQShdan tashqaridagi ilk Boeing zavodi Xitoyda quriladi

AQShdan tashqaridagi ilk Boeing zavodi Xitoyda quriladi

Xitoyning Chjoushan shahrida mart oyi oxirida Boeing 737 tor fyuzelyajli reaktiv samolyotlarni yakuniy yig‘ish markazi qurilishi boshlanadi. Bu haqda «Sinxua» agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar qildi.

Yig‘ishdan keyingi yakuniy ishlar, shu jumladan, Boeing 737 fyuzelyajlarini bo‘yash va salonlarni bezash ishlari olib boriladigan ushbu korxona Boeing uchun AQShdan tashqarida joylashgan birinchi korxona bo‘ladi.

Chjeszyan provinsiyasi hukumati, Boeing korporasiyasi va Xitoy tijorat aviasiyasi korporasiyasi o‘rtasida tegishli bitim 2016 yil oktyabrida imzolangan edi.

Agentlik xabariga ko‘ra, buyurtma qilingan birinchi samolyot 2018 yil oxirida etkazib beriladi. Korxona yiliga 100ta Boeing 737 yig‘ish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu loyiha orqali 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQShdan tashqaridagi ilk Boeing zavodi Xitoyda quriladi